Muqaddas Kitob

Muqaddas Kitob

o‘zbek tilidagi tarjima

App Report, Market and Ranking Data
category
price
Free
Reviews
5 (5)
United States United States
Description
o‘zbek tilidagi tarjima
Muqaddas Kitob

Zamonaviy o‘zbek tilidagi tarjima, izohlar va qo‘shimcha ma’lumotlar ilova qilingan

Mazkur ilova o‘zbek tilidagi Muqaddas Kitobning, ya’ni Bibliyaning kirill va lotin yozuvidagi variantlaridan iborat. Kitobxon o‘ziga qulay bo‘lgan yozuvdagi matnni tanlashi mumkin. Shuningdek, u bir vaqtning o‘zida ham kirill, ham lotin yozuvidagi matnni ochib o‘qish imkoniyatiga ega.

Muqaddas Kitobning boshqa elektron formatlari:
http://www.ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
 
Muqaddas Kitob aslida ibroniy, oramiy va yunon tillarida yozilgan va o‘zbek tiliga o‘sha tillardan tarjima qilingan. Mazkur tarjimaga har bir kitobga kirish, sarlavhalar, izohlar, lug‘at, rasmlar, jadvallar va xaritalar ilova qilingan. Muqaddas Kitobning tarjima jarayoni, uni chuqur o‘rganish uchun berilgan ushbu manbalar bilan, shuningdek, u haqda yana boshqa ma’lumotlar bilan tanishishni istasangiz, mazkur ilovaga kiritilgan “So‘zboshi” va “Muqaddas Kitobga kirish” qismlariga murojaat eting.
 
Quyidagi ma’lumot 2016 yilda nashr qilingan “Muqaddas Kitob”ning “So‘zboshi”dan olingan:
 
Mazkur Kitob ikki ming yildan oshiq davr mobaynida muqaddas deb e’tirof etilgan bitiklarning o‘zbek tiliga qilingan birinchi to‘liq tarjimasidir. Muqaddas Kitob Eski va Yangi Ahd bitiklaridan iborat. Bular tarkibida o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish bo‘lgan Tavrot, Zabur, Injil, shuningdek Payg‘ambarlar bitiklari bor.
 
1992 yili Yangi Ahd kitoblari o‘zbek tilida “Injil” nomi ostida ilk bor to‘liq holda chop etilgan edi. Injil kitobining ilk tarjima matni chop etilgandan keyin ham jiddiy tahrir qilindi va mazkur nashrga kiritildi. Ushbu tarjima ustida mutaxassislar yigirma yildan ko‘proq mehnat qildilar. Nihoyat, Muqaddas Kitob to‘liq holda O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida chop etildi.
 
Muqaddas Kitobda bayon qilingan aksariyat voqealar g‘arbiy Osiyoda bo‘lib o‘tgan bo‘lsa–da, undagi bebaho hikmatlar dunyo bo‘ylab yoyilib, ko‘plab xalqlar madaniyatini yanada boyitdi. Insoniyat tarixida Muqaddas Kitobdan ko‘ra ko‘p tarjima qilingan kitob yo‘q. Muqaddas Kitob jahon madaniyatining klassik merosi hisoblanadi.
 
Butun jahonda adabiyotning yuksak namunasi sifatida qadrlanadigan mazkur Kitob Xudoning insoniyat bilan bo‘lgan munosabati tarixi haqida so‘z yuritadi. Shu bois Kitob asrlar davomida odamlarga Yaratuvchi bilan hamda bir–birlari bilan yarashish yo‘lini ko‘rsatib kelmoqda.
 
Tarjimonlar guruhi mazkur Kitobga jiddiy ilmiy ish sifatida yondashganlar. Ular Kitob tarjimasi yuzasidan chuqur tadqiqotlar olib borib, o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni nihoyatda diqqat–e’tibor bilan bajarganlar. Buni nafaqat matnning o‘zidan, balki kitobxonning bilimini oshirish uchun kitobga ilova qilingan qo‘shimcha ma’lumotlardan ham ko‘rishingiz mumkin. Shu bilan birga, tarjima uslubiga ham katta e’tibor berilgan, matn zamonaviy kitobxonlarimizga tushunarli bo‘lishi uchun tabiiy va sodda tilda tarjima qilingan.
 
Muqaddas Kitobda bayon qilinishicha, Xudo har bir odamni O‘ziga chorlaydi, Xushxabarning mag‘zi ham asosan ana shundan iborat. Iso Masih yer yuziga kelib, xochdagi o‘limi va o‘likdan tirilishi orqali bizga Xudo bilan yarashish imkonini berdi. Xudoning mangu sevgisi Iso orqali osmondan zaminga tushib keldi. Iso Xudoning fe’l–atvorini insoniy madaniyat va til orqali bizga namoyon qildi. Shuning uchun biz Xudoning qanday fe’l–atvorga ega ekanini bila olamiz. Umid qilamizki, Muqaddas Kitobning mazkur tarjimasi ko‘plab kitobxonlarimizni Xushxabar orqali Xudo bilan yarashtiradi.

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016
[email protected]
Category Ranking
Not enough information to display the data.
Review Breakdown
Not enough information to display the data.
Screenshots
Reviews

Рахмат коттакон!!

Ман Мукаддас Китобнинг иловаси борлигини билмаган эканман. Таржимани килган ва иловани дизайн килган одамларга коттакон Рахмат! Худо сизларни келажак проектларингга ривож берсин! 🙏🏼❤️

MacSaydWed, Apr 24, 2019
United StatesUnited States
Download & Revenue
DOWNLOAD 403Apr 2024Worldwide
REVENUEN/AApr 2024Worldwide
download revenue
About
Bundle Id
org.ibt.uzbek.muqaddas.kitob.lotin
Min Os. Version
12.2
Release Date
Mon, Jul 3, 2017
Update Date
Tue, Mar 5, 2024
Content Rating
4+
Has IMessage
No
Support Watch
No
Support Siri
No
File Size
157.74MB
Has Game Center
No
Family Sharing
Yes
Support Passbook
No
Supported Languages
English, Russian, Uzbek
What's New
version
3.1.1
updated
2 months ago
Eski Ahdning o'n ikkita kitobiga matnni yoritib borish funksiyasi qo'shilgan (ushbu funksiya “Faqat ovoz” audio versiyasi uchun qo'llanilgan).
Matnning yoritib borilishi bilan bog'liq muammo bartaraf qilindi.

Phrase highlighting has been added for twelve more Old Testament books (“Voice only” audio version).
A problem that was occurring in the phrase highlighting feature has been fixed.
Newsletter

Subscribe our newsletter and get useful information every week.

Stay Ahead of the Market with StoreSpy
Never miss opportunities
Watch your competitors closely
Start boosting your app right away
Start Now
stay a head